Jurnalistika prinsiplari
Tadqiqot va tajriba asosida
ishlab chiqilgan jurnalistika prinsiplari, tahririyat rahbarlari va xodimlari tomonidan
sayqallangan va ma’lum ko’rinishga keltirilgan qonun-qoidalar majmuidir. Bu qoidalarni
chetlab o’tish esa jurnalistikaning ta’siriga va uning ijtimoiy yo’naltirilganligiga
putur yetkazadi. Zamonaviy o’zbek jurnalistikasi umum qabul qilingan xalqaro prinsiplarga
asoslanadi va shu ko’rinishda o’zining faoliyatini olib boradi.
Tabiiy
ofat, baxtsiz hodisa, avtohalokat va jinoyatlar qurbonlarining shaxsini ularning
qarindoshlari va yaqinlari roziligisiz namoyish qilishdan tiyinish prinsiplaridan
biri hisoblanadi. Davlat sirlari, davlatning yuritayotgan siyosatiga qarshi, xizmatga
va bozor iqtisodiyotiga ziyon keltiruvchi ma’lumotlarni tarqatish, inson huquqlari
va ruhiy holatiga o’z ta’sirini o’tkazishga urunish, umuminsoniy qadriyatlarni tahqirlash
qonunga zid hisoblanib, jurnalist prinsiplari doirasini buzib yuboradi.
1997-yilda
bir guruh amerikalik jurnalistlar OAV ning jamiyatga salbiy ta’siri va unga bo’lgan
ishonchni pasayganligi munosabati bilan “Tashvishlangan jurnalistlar qo’mitasi”ni
tuzishadi. Keyingi bir necha yil mobaynida qo’mita qator uchrashuv, seminarlar tashkillashtirildi,
jurnalist, muharrir va o’quvchilarga so’rovnomalar tarqatilib ularning fikrlari
bilan tanishib chiqishdi. Bu muhokamalarda 3000 dan ortiq mutaxasislar ishtirok etdi. Qo’mita natijalarga asoslanib quyidagi to’qqiz asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi:
1. Haqqoniylik – jurnalistning
birinchi muhim vazifasi hisoblanadi;
2. Jurnalistika eng avvalo insoniyatga sodiq bo’lishi lozim;
3. Jurnalistika mohiyati haqiqatnamolik hisoblanadi;
4. Jurnalistlar yoritayotgan voqea-hodisalaridan qat’iy nazar mustaqilligini saqlab qolishi kerak;
5. Jurnalistika rahbariy organlar faoliyatini mustaqil ravishda monitoring qilishi kerak;
6. Ochiq munozara, jamiyat tanqidiy fikrini bildirish va murosaga kelish uchun mo’ljallangan axborot maydonni ta’minlashi kerak;
7. Jurnalistika qiziq va muhim materiallarni tayorlashi kerak;
8. Axborotni umumiy qarash bilan yoritish;
9. Jurnalistlarni vijdonan ish ko’rishga va faoliyat olib borishga shart-sharoitlar yaratilishi kerak.

Yuqorida
berilgan jurnalistikaning ixtiyoriy tamoyiliga asoslanishdan avval eng asosiy bo’lgan tamoyil – xaqqoniylik
tamoyilidan chetlashish mumkin emas. Zero, tarixda xaqqoniylikni chetlab o’tgan
jurnalistik ishlarning natijasida bo’lib o’tgan mojarolar va qurbonlar soni kam
bo’lmagan. Agar bir tamoyil ikkinchi tamoyilga qarshi xizmat
qilayotgan vaziyat kelib chiqsa va boshqa har qanday qarama-qarshilikda faqat
va faqat birinchi tamoyilni ustun qo’yish ta’minlanishi lozim!!!
Комментарии
Отправить комментарий