KINOMATOGRAFIYA
Kino XIX va XX asrlarining chegarasida yuzaga kelgan
bo’lib, 70 yil davomida u dunyo xalqlari, barcha millat vakillariyu, iqr, sinf,
yosh, kasb egalarining ongi va qalbidan joy oldi. Intelektual va kundalik
hayotning ajralmas bir qismiga aylandi.
Kino barcha san’at turlarini o’zida jamlay olgan
vositadir. Unda adabiyotdagi so’z, teatrdagi o’yin va aktyorlik mahorati,
tasviriy san’atning tasviri va rangi, musiqadagi tovush aks ettirilishi mumkin.
Ammo undagi so’z, o’yin, tasvir, rang, yorug’lik, tovush va hattoki kinoplonka
ham kinoning materialiga aylana olmaydi. Balki, davr haqiqatining mujassamligi
uni haqiqiy san’at mahsuli ekanligidan darak berib turadi.
XX asr boshlarida san’at va madaniyatdagi izlanishlar
ratsionalizm to’lqinini yana qaytadan ko’tarib yuboradi. Bu esa o’z o’rnida
san’atga katta ta’sirini o’tkazmasdan olmagan. O’sha davrning kuchki
g’oyalaridan bo’lgan marksizm ham ratsionalizmning o’ziga xos bir ko’rinishini
ilgari surishardi.
Agar XX asr boshlaridagi kinomatografiya falsafasi
ilmiy qarashlarni oshirish, ahloq to’g’riligi, moddiy tenglik, hukumat
qonunlari ustuvorligi va unga boysunishni targ’ib qilgan bo’lsa, shu asrning
oxiriga kelib yuqorida sanalganlarni hayotga majburan singdirilgan qarashlar
hattoki “repressiya”da ayiblashni ilgari surdi [1].
Bugungi kun kinomatografi uchun ham hayot,
insoniyatning “haqiqati”ni izlab topish va ramzlardan to’g’ri foydalana olish
asosiy muammo bo’lib kelmoqda.
1895-yil 28-dekabr kuni aka-uka Lyumerlar Parij shahri
Boulevard des Capucinesning “Katta kafe”sida o’zlarining bir qator filmlarini
ommaga havola etishgan. Ushbu sana kinoning dunyoga kelish kuni hisoblanadi.
Aka-ukalar tomonidan suratga olingan – fabrika
darvozasidan ishchilarning chiqishi, poyezd kelishi, qarta o’yini, qayiqning
ketishi, bolakayning o’yin-kulgusi nomli sahnalari katta shuhrat qozongan edi.
Tomoshabinlar bu videolavhalarni shu darajada sevib tomosha qilishardiki uning
dong’i tezda Rim, Vena, Berlin, Peterburg, Moskva so’ngra Hindiston,
Avstraliya, Misrgacha ham yetib bordi. XX asr boshlarida esa Yevropa, Amerika,
Afrika va Osiyoning rivojlangan shaharlarida milliy filmlar ishlab chiqarish
markazlari ochila boshladi. Shu tariqa kino dunyoni egallashni davom ettirardi.
Asrning birinchi 10 yilliklarida kinoning imitatorlik
qobiliyati, hayot bilan bog’liqliklari, shartlilik va o'ziga xoslikligi
aniqlandi.
Buni avvalo sahnalar planida ko’rish mumkin. Kinokadr
o’ziga keng manzara, olamon, ulkan binoni ham aks ettira oladi. Bu kadrlar
umumiy planda suratga olinishi kifoya. Va yana kadrda o’tirgan odam, xonaning
bir qismi, jism yoki oyna aks etishi ham mumkin bo’ladi. Bu o’rta planda
olinishi kerak. Katta planda esa odamning yuzi, qo’li, kichik bir jismni ham
ko’rsatish imkoniyati mavjud. Plan katta-kichikligi e’tiborni qayerga
qaratilishi kerakligini aniqlab beradi.
XXI asr boshlanishi bilan raqamli texnologiyalar
rivojining cho’qqisiga chiqdi. Bu esa kinoda ham katta o’zgarishlarga olib
keldi. Suratlarni raqamga o’girib “raqamli kinomatografiya” “raqamli video” tushunchalari
paydo bo’ldi. Bu terminlar kadrni to’g’ridan-to’g’ri qaramli xotiraga saqlash
imkoniyatini yaratib berdi. Ko’ngilochish sanoatida raqamli texnologiyalardan
foydalanib katta ixtiro 3D formatidagi tasvirlarni ko’rish imkoniyati yaraldi.
Bu yangilik kino olamidagi muhimliligi bo’yicha rangli kino yuzaga kelganidan
keyingi ikkinchi qadam bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. 3D formati bir
vaqtning o’zida ikkita tasvirni suratga olish va uni proyektorda ko’rsatish
imkonini beradi. Ushbu proyektor chap va o’ng ko’zdagi tasvirlarni sekundiga
144 marta almashtirib beradi, bu o’zgarishlarni inson ko’zi sezolmaydi,
natijaga uch o’lchamli shakllar yuzaga keladi [2].
Biror bir voqelik tubiga yashiringan sirni bilish, uni
anglab yetish uchun ham falsafiy nazar kerak. Bugungi kunimizda esa ilm-fan va
kino ilgari mavjud bo’lmagan narsalarni his qilish va ko’rish imkoniyatini
beradi.
Kino – bu shunchaki tasvir yoki qiziqarli voqealar
rivoji emas, kino – ommabop san’at turi, san’atda esa qanchalik ommaboplilik
uning shunchalik talabi va kriteriyalarini belgilab beradi. Har qanday janr, u
hoh komediya, drama, jangari (agar xalqqa murojaat qilsa) bo’lsin, katta
ijtimoiy qiymatga ega bo’lishi lozim. Shuning uchun kino sanoati bizni kuchli
aqlli va bir birimizga bo’lgan mehrni oshirishi uchun xizmat qiladigan san’at
turi bo’lishini istardik [2] [3].
1. Breytman A. S. “Rus
madaniyati va zamonaviy kinematograf” 2001 y. Sankt-Peterburg. Seriya “Symposium” 12. 282-287 betlar
2. Tyutrin Y. Dolmatovskaya G. – M.: Искусство, 1990 y., 320 bet
3. Yadov V. A. Социс kino predmeti haqida mulohaza, 2007 y. Jenks Ch. A. // Zamonaviy g’arb falsafasi: Lug’at. – M., 2007 y.
Комментарии
Отправить комментарий