Kino XIX va XX asrlarining chegarasida yuzaga kelgan bo’lib, 70 yil davomida u dunyo xalqlari, barcha millat vakillariyu, iqr, sinf, yosh, kasb egalarining ongi va qalbidan joy oldi. Intelektual va kundalik hayotning ajralmas bir qismiga aylandi. Kino barcha san’at turlarini o’zida jamlay olgan vositadir. Unda adabiyotdagi so’z, teatrdagi o’yin va aktyorlik mahorati, tasviriy san’atning tasviri va rangi, musiqadagi tovush aks ettirilishi mumkin. Ammo undagi so’z, o’yin, tasvir, rang, yorug’lik, tovush va hattoki kinoplonka ham kinoning materialiga aylana olmaydi. Balki, davr haqiqatining mujassamligi uni haqiqiy san’at mahsuli ekanligidan darak berib turadi. XX asr boshlarida san’at va madaniyatdagi izlanishlar ratsionalizm to’lqinini yana qaytadan ko’tarib yuboradi. Bu esa o’z o’rnida san’atga katta ta’sirini o’tkazmasdan olmagan. O’sha davrning kuchki g’oyalaridan bo’lgan marksizm ham ratsionalizmning o’ziga xos bir ko’rinishini ilgari surishardi. Agar XX asr boshlaridag...
Комментарии
Отправить комментарий