Jurnalistika prinsiplari
Tadqiqot va tajriba asosida ishlab chiqilgan jurnalistika prinsiplari, tahririyat rahbarlari va xodimlari tomonidan sayqallangan va ma’lum ko’rinishga keltirilgan qonun-qoidalar majmuidir. Bu qoidalarni chetlab o’tish esa jurnalistikaning ta’siriga va uning ijtimoiy yo’naltirilganligiga putur yetkazadi. Zamonaviy o’zbek jurnalistikasi umum qabul qilingan xalqaro prinsiplarga asoslanadi va shu ko’rinishda o’zining faoliyatini olib boradi. Tabiiy ofat, baxtsiz hodisa, avtohalokat va jinoyatlar qurbonlarining shaxsini ularning qarindoshlari va yaqinlari roziligisiz namoyish qilishdan tiyinish prinsiplaridan biri hisoblanadi. Davlat sirlari, davlatning yuritayotgan siyosatiga qarshi, xizmatga va bozor iqtisodiyotiga ziyon keltiruvchi ma’lumotlarni tarqatish, inson huquqlari va ruhiy holatiga o’z ta’sirini o’tkazishga urunish, umuminsoniy qadriyatlarni tahqirlash qonunga zid hisoblanib, jurnalist prinsiplari doirasini buzib yuboradi. ...
Комментарии
Отправить комментарий